Tabiiy tillar morfologiyasi, leksikografiya. Ma’lumki, XX1 asr kompyuter1 texnologiyalari, ilg’or pedagogika va axborot texnologiyalari (internet), yuksak tafakkur, fan va texnikaning jadal taraqqiyot asri bo’ladi. XX1 asr boshiga kelib, “Elektron ta’lim”, “Elektron boshqaruv”, “Ochiq ta’lim”, “Masofaviy ta’lim”, “Axborotlashgan ta’lim” kabi tushunchalar hayotimizga kundan-kun singib bormoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda, “hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat yo’q”2.
Hozirgi paytda injenerlik lingvistikasi, hisoblash lingvistikasi, matematik lingvistika va “elektron - tarjimon”, kompyuter lingvistikasi yuzasidan bir qator yangi muammolar o’rtaga tashlanmoqda. Darhaqiqat, zamonaviy kompyuter juda ulkan imkoniyatlarga egaki, uning uchun shaxmat o’ynashdan tortib, tibbiy tashxis qo’yish, korxonalarni boshqarish, qadimgi xalqlarning sirli xatlarini “o’qib”, mazmunini so’zlab berish, she’r yozish, kuylar ijro etish, katta hajmdagi kitoblarga annotatsiyalar yozish, loyihalar tarxini chizish kabi yuzlab mehnat faoliyati turlarining barchasida, albatta, zamonaviy kompyuter texnologiyalari ham ishchi kuchi, ham vaqt jihatidan juda yaqin yordamchi sanaladi. Bunda odam + mashina + odam hamda odam + matn + mashina + odam tizimlari asosida ulkan hajmdagi operatsiya (ish)lar bajariladi.