Kundan-kunga o’sib borayotgan xalq xo’jaligi issiqqa chidamli, kimyoviy barqaror va mexanik jihatdan mustaxkam, suv shimmaydigan, elektr tokini o’tkazmaydigan va xakozo zarur xossalarga ega bo’lgan materiallar yaratishni talab qilmoqda.Bugungi kunda Respublikamizda hayotning barcha sohalarida bo`lganidek ta`lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi, Davlat ta`lim standartlarining ishlab chiqilishi va Oliy ta`lim tizimida olib borilayotgan islohotlar bunga yorqin misol bo`ladi. Ayniqsa yangi tipdagi o`rta maxsus va kasb-hunar ta`limining vujudga kelishi oldimizda yangi vazifalarni ko`ndalang qilib qo`ydi. Xalq xo`jaligini hozirgi zamon talablariga javob beradigan malakali mutaxassislar bilan ta`minlash ushbu ta`lim tizimining zimmasiga yuklatilgan muhim va ma`suliyatli vazifadir. Bu esa o`z navbatida ushbu ta`lim tizimini ilg’or ta`lim texnologiyalari bilan qurollangan malakali o`qituvchi kadrlar bilan ta`minlashni talab qiladi. Ta`lim jarayonining asosiy tashkil etuvchilaridan bo`lmish zamonaviy didaktik vositalarni o`zlashtirib olish bu vazifalarni amalga oshirishda hal qiluvchi rol o`ynaydi. Bugungi kunda ta`lim sohasida fan va texnikaning so`nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan audiovideo, telekommunikatsiya va informatsion texnika va texnologiyalarning qo`llanilishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ularning didaktik imkoniyatlari bilan tanishib chiqish va mashg’ulotlarda ularni qo`llashni o`rganish bo`lajak o`qituvchilar uchun, ularning kelajak faoliyatida katta yordam beradi. 3