Mamatqul Hazratqulov 1947 yili Samarqand viloyati Urgut tumanidagi  Mingbuloq qishlog`ida tug`ilgan. 1964 yilda o`rta maktabni bitirib, ToshDUning jurnalistika fakultetiga  o`qishga kirgan. Uning dastlabki mashqlari  talabalik  yillarida  e’lon  qilingan. Hozirgacha «Oq qush» (1981), «Cho`li iroq» (1983), Hayotning bir parchasi» (1983), «Intizor» (1985), «Quyosh men tomonda» (1986), «Qo`zichoqning  ko`z  yoshlari» (1987), «Jur’at» 1988), “Eshiklar ochiq» (1995) kabi hikoya va qissalar to`plamlari nashr etilgan. «Sharq yulduzi», «Yoshlik», «Zvezda vostoka» jurnallarida bir necha hikoya va qissalari bosilgan. Mehr ko`p ko`rguzdim» (1985), «Mehmon» (1986), «Qadrim» 1992), «Afandining yangi sarguzashtlari» (1993) nomli qissalari Respublikamizning  markaziy  va  viloyat  teatrlarida  sahnalashtirilgan. Bir necha telepesalari televideniya  orqali namoyish  qilingan.