Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  istiqlol  tufayli  yuzaga  kelgan yangilanish  jarayoni  tobora  
kuchayib  bormoqda.  2017-2021  yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo`nalishi bo`yicha  Harakatlar  strategiyasi  asosini  olamshumul  ishlar  amalga 
oshirilayotir, iqtisod, ma’naviyat va madaniyat jabhalaridagi islohotlar o`z      samarasini      
bermoqda.      Prezidentimiz      Sh.Mirziyoev      bu yo`nalishlardagi     yutuqlarni    
ta’kidlab,    haqli    ravishda     “avvalo, xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan 
noyob merosni har tomonlama chuqur o`rganish,  yurtimizdagi etishib chiqqan buyuk alloma va 
mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yahlit tasavvur uyg`otish, yosh avlodni 
gumanistik g`oyalar, milliy g`urur va iftihor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlar ko`zda 
tutilgan”1-degan edi. Darhaqiqat,  mustaqillik  yillarida  milliy  adabiy  qfdriyatlarimizni 
asrash, o`rganish izchil amalga oshirilib, ma’naviy tiklanish masalalariga jiddiy  ahamiyat  
berildi.  Yaqin  vaqtlargacha  turli  sabablarga  ko`ra unutilgan yoxud kamsitilgan milliy an’ana 
va qadriyatlarimiz, jumladan, madaniy-adabiy   merosimiz   o`zimizga   qaytdi,   uni   milliy   
istiqlol mafkurasi asosida xolis va haqqoniy o`rganish boshlandi. Shu merosning bir  qismi  
bo`lmish  folklor  asarlari  milliy  qadriyat  sifatida  badiiy tafakkurning  har  bir  bosqichida  
o`ziga  xos  o`chmas  iz  qoldirgan. Xalqning turmush tarzi, orzu-o`ylari, ruhiy olami va 
intilishlarini aks ettirgan   bu  jarayonda,  tabiiyki,  folklor   asarlarini   yaratuvchilar   va
kuylovchilar - baxshi, jirov, oqin va xalfalar ijodi etakchi rol o`ynagan.