Eshitmaydigan,kar bolalar ta`limi komunikativ ti-zim asosida tuzilgan bo`lib, unga ko`ra savod o`rgatish, ya`ni o`qish va yozishga o`rgatish tayyorlov sinfining 3-4-choragida amalga oshiriladi.1-2 chorakda dastlabki muloqot uchun daktil nutq beriladi. Chunki bu davrda daktil nutq savod o’rgatish va o’qitish uchun asosiy omil hisoblanadi va tilga o`qitishda birlamchi vosita vazi-fasini o`taydi.
Savod o`rgatish jarayoni an`anaviy tarzda so`zni analiz-sintez qilish asosida amalga oshiriladi. Ya`ni umumt’alim maktablarida o`quvchilar so`zni tovush-xarf jixatidan analiz qilib, muayyan tovushni ajratib ola-dilar, keyin ajratib olingan tovush-xarf yordamida so`z tuzib sintez qiladilar.
Kar bolalar ta`limida bu jaroyon savod o`rgatish jarayonida emas, balki nutqning daktil shaklini (forma-sini) egallashda kechadi.Bunda o`quvchilar so`zlarni dak-tillaganda undagi har bir harfning barmoq ifodasini bajaradi, ya`ni so`zni analiz va sintez qiladi. So`zni daktillab aytish uchun albatta uning grafik ifodasi so`z yozilgan qog`oz tasmachasi ko`rsatiladi. O`quvchi tasma-chadagi so`zni daktillab o`qiydi.
Kar bola har bir so`zni daktillab aytar ekan u so`z-dagi har bir qatorni yo`zuvdagi ketma-ketlikda barmoqlari bilan ifodalab chiqadi,bu bilan u go`yoki so`zni havoda yo`zib chiqadi.Shi jixatdan daktil nutq yo`zma nutqqa ya-kin hisoblanadi. Shuning uchun daktil nutq savod o`rga-tish uchun zamin tayyotlash jarayoni,bosqichi hisoblana-di.Aynan shu jarayonda kar bolalar so`zning harfli tarki-bini egallaydilar.
Birinchi chorakda o`quvchilarga daktil nutqni o`rga-tishda daktil alifbodan foydalaniladi.Bunda ularga so`zning daktil ifodasi va harfli ifodasi yaxlit ko`rsatilib o`qitiladi. Muayyan so`z boyligiga ega bo`lgach o`rga-nilgan so`zlar kesma,daktilemali,harflardan teriladi