Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo`lida avvalboshdanoq asosiy ustuvor yo`nalishlarga aylangan masalalar — tinchlik va barqarorlikni saqlash, millatlararo hamjihatlikni asrash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, iqtisodiyotni tubdan isloh etish, milliy armiyani shakllantirish, sud-huquq tizimini yangi asosda barpo etish, inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta`minlash, ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish, aholi salomatligi, ilm-fan, ta`lim-tarbiya, madaniyat va sport jabhalariga e`tibor qaratish, jahon hamjamiyatidan munosib o`rin egallash kabi ko`pdan-ko`p dolzarb vazifalar mustaqildigimizning poydevori qo`yilayotgan davrdan Yurtboshimizning chiqishlarida har tomonlama o`z ifodasini topa boshlagan edi.