Yosh mustaqil respublikamiz jahonga yuz tutayotgan bir paytda ilm-fan sohasidagi yutuqlar ham quvonarli bir holdir. Bu borada badiiy, siyosiy-publitsistik asarlar o’zbek tilidan horijiy tillarga yoki uning aksi o’laroq, horijiy tillardan o’zbek tiliga ko’plab tarjima ishlari amalga oshirilmoqda. Tarjima jarayoni insonning yangi bilish doirasini zabt etib, u olimlarimizni faqatgina badiiy tarjima bilan shug`ullanib qolmasdan, balki ilmiy, tehnik, ommaviy ahborot, turli hil og`zaki tarjimalar, shuningdek o’quv-uslubiy ishlarni ham tarjima qilishga da`vat etmoqda.