Ushbu o’quv qo`llanmaning tarkibi kirish, Noorganik kimyo fanini o’qitish texnologiyasining kotseptual asoslari hamda ma`ruza va laboratoriya mashg`ulotlarni o’qitish texnologiyalaridan tashkil topgan. Majmua zamonaviy pedagogik texnologiya talablariga mos ravishda tayyorlanib, unda fanning o’quv dasturi, ishchi o’quv fan dasturi, ta’lim texnologiyasi, masala va mashqlar, nazorat uchun savollar, tarqatma materiallar, glossariy, referat mavzulari, adabiyotlar ro’yxati, ma’ruza matnlari, foydali maslahatlar, identiv o’quv maqsadlari, mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar va mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan