Ushbu o’quv qo’llanma M.Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti ilmiy kengashida ko’rib chiqildi va chop etishga tavsiya qilindi (2012-yil -son bayonnoma).
O’quv qo’llanmada parazitologiya fanining maqsad va vazifalari, tirik organizmlar o’rtasidagi turli shakldagi parazit-xo’jayin munosabatlar, parazitlarning kelib chiqishi, odam, mahsuldor hayvonlar va qishloq xo’jalik o’simliklarida parazitlik qilib katta iqtisodiy zarar keltiruvchi vakillarining tuzilishi, ko’payishi, bioekologik xususiyatlari, qo’zg’atadigan kasalliklari va ularning oldini olish chora-tadbirlari to`g’risida ma`lumotlar keltirilgan.
Mazkur o’quv qo’llanma O`zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv reja asosida tayyorlangan bo’lib, oliy o’quv yurtlarining biologiya mutaxassisligi magistrratura bosqichi talabalari uchun mo’ljallangan.
O’quv qo’llanmadan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumiy o’rta ta`lim maktablarining biologiya o’qituvchilari hamda Oliy o’quv yurtlarining biologiya bakalavr bosqichida ta’lim olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin.