Ichki kasalliklar haqidagi fan asosiy klinik fanlardan bo`lib, ichki organlar kasalliklarini o`rganadi.
Kasalliklarni davolashga kirishishdan oldin ularning kelib chiqishi sabablarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Biologiya fani ta`limotiga ko`ra, organizm tashqi muhit bilan chambarchas bog`langan. Demak, o`zgartirib javob bera olish qobiliyati demakdir. Organizmning reaktivligida nerv sistemasi, birinchi navbatda bosh miya po`stlog`i alohida o`rin tutadi. Kasallikning ro`yobga chiqishida organizmning xususiy reaktivligi (individual reaktivligi) katta ahamiyatga ega.
Ba`zi hollarda bir kasallikning o`zi turli organizmda turlicha alomatlar (simptomlar, belgilar) bilan o`tadi. Masalan zotiljam, bir bemorda yo`talish, balg`am ko`chishi, nafas olishning qiyinlashuvi bilan kechsa, boshqasida bu belgilar bo`lmasligi, bemor faqat bosh og`rig`i bilan, ishtahasi yo`qligidan shikoyat qilishi mumkin. Bir bemor jotiljamdan halok bo`lishi, boshqasi esa uni oyoqda yurib, yengil-yelpi o`tkazib yuborishi mumkin. Bu hodisa organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatiga va kasallikdan himoyalanish kuchiga bog`liq. Kasallikning avj olishi esa, uni keltirib chiqargan sabab (etiologiya)ga bog`liq. Kasallik sababini aniqlash uni oldini olish, to`g`ri diagnoz qo`yish va davolashda katta ahamiyatga ega. Bu haqda I.P.Pavlov shunday degan edi: «Kasallikning kelib chiqish sababini aniqlash ning oldini olish va tarqalib ketishga yo`l qo`ymaslik demakdir». Kasallikning kelib chiqish sababi 2 xil: 1) tashqi muhit faktorlari ta`sirida kelib chiqadigan kasallik sabablari-endogen sabablar. Ekzogen sabablar bir necha xil: mexanik sabablar (yaralanish, travmatizm va boshqalar), fizik sabablar (organizmga elektron toki ta`sirida), ximiyaviy sabablar (jangovor zaharlovchi moddalar, sanoat zaharlari, sifatsiz oziq-ovqat va hokazolar), biologik