“Ichki Kasalliklar ”

“Ichki Kasalliklar ”
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Turi:
Ma`ruza matni
Nashr etilgan yili:
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-15 17:59:16
Ichki kasalliklar haqidagi fan asosiy klinik fanlardan bo`lib, ichki organlar kasalliklarini o`rganadi. Kasalliklarni davolashga kirishishdan oldin ularning kelib chiqishi sabablarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Biologiya fani ta`limotiga ko`ra, organizm tashqi muhit bilan chambarchas bog`langan. Demak, o`zgartirib javob bera olish qobiliyati demakdir. Organizmning reaktivligida nerv sistemasi, birinchi navbatda bosh miya po`stlog`i alohida o`rin tutadi. Kasallikning ro`yobga chiqishida organizmning xususiy reaktivligi (individual reaktivligi) katta ahamiyatga ega. Ba`zi hollarda bir kasallikning o`zi turli organizmda turlicha alomatlar (simptomlar, belgilar) bilan o`tadi. Masalan zotiljam, bir bemorda yo`talish, balg`am ko`chishi, nafas olishning qiyinlashuvi bilan kechsa, boshqasida bu belgilar bo`lmasligi, bemor faqat bosh og`rig`i bilan, ishtahasi yo`qligidan shikoyat qilishi mumkin. Bir bemor jotiljamdan halok bo`lishi, boshqasi esa uni oyoqda yurib, yengil-yelpi o`tkazib yuborishi mumkin. Bu hodisa organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatiga va kasallikdan himoyalanish kuchiga bog`liq. Kasallikning avj olishi esa, uni keltirib chiqargan sabab (etiologiya)ga bog`liq. Kasallik sababini aniqlash uni oldini olish, to`g`ri diagnoz qo`yish va davolashda katta ahamiyatga ega. Bu haqda I.P.Pavlov shunday degan edi: «Kasallikning kelib chiqish sababini aniqlash ning oldini olish va tarqalib ketishga yo`l qo`ymaslik demakdir». Kasallikning kelib chiqish sababi 2 xil: 1) tashqi muhit faktorlari ta`sirida kelib chiqadigan kasallik sabablari-endogen sabablar. Ekzogen sabablar bir necha xil: mexanik sabablar (yaralanish, travmatizm va boshqalar), fizik sabablar (organizmga elektron toki ta`sirida), ximiyaviy sabablar (jangovor zaharlovchi moddalar, sanoat zaharlari, sifatsiz oziq-ovqat va hokazolar), biologik

Дабавлено : 2021-04-15 17:59:16

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш