Ishning maqsadi: Talabalarni O’zbekistonda o’sadigan zararli va
zaharli o’tlar vakillarini aniqlash va ajrata bilishga o’rgatish. Ularning
chorvachilikka keltiradigan zararlarini tushuntirish.
Kerakli jihozlar va o’quv qurollari: Zararli va zaharli o’simliklar
vakillarining gerbariyasi, yangi o’simliklari, lupalar, rangli rasmlar,
jadvallar va boshqa ko’rgazmali qurollar. Darslik va uslubiy qo’llanmalar
(1, 2, 9).
Ishning mazmuni: Ma’lumki, yaylov va pichanzorlarda oziqabop
ekinlar bilan birga chorva mollari uchun zararli va zaharli, ba’zan o’ta
zaharli hisoblangan o’simliklar guruhi ham o’sadi.
Zararli deganda chorva mollarini mexanik jarohatlovchi yoki
mahsulotlar sifatiga salbiy ta’sir etuvchi o’simliklar tushuniladi. Bu
o’simliklarning tikanli va o’tkir qo’ltiqli turlari hayvonlarning ichak,
oshqozonlariga shikast yetkazadi. Ayrim o’tlardan sutning hidi va rangi,
gushtining hidi o’zgaradi.