Kitobda klinik farmakologiyaning umumiy va xususiy qismi (dorilarning farmakodinamikasi, farmakokinetikasi, o`zaro ta’siri, salbiy ta’sirlari, ishlatilishi, miqdorlash, kiritish yo`llari va tartibi, bolalarda, qariyalarda dorilarni ishlatishning o`ziga xos ko`pgina tomonlari) yoritilgan. Samarali, xavfsiz, individual farmakoterapiya masalalari, davolash jarayonining, samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish kabi, umumiy amaliyot vrachi uchun dolzarb masalalar yoritilgan. Darslik tibbiyot institutlari davolash va pediatriya kulliyotlari talabalari hamda vrachlar uchun mo`ljallangan.