Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o’tish davrida davlat boshqaruvini to’g’ri tashkil etish va uni amalga oshirish ijtimoiy xayotning barcha jabxalarini erkinlashtirish jamiyat va davlat oldida turgan asosiy vazifalarni ro’yobga chiqarishda katta ahamiyatga ega.
Davlat boshqaruvida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan yangi mustaqil davlatchilikni barpo etish jarayonlarini tezlashtirmoqda.
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish ko’p jixatdan ma’muriy isloxotlar va boshqaruvning mazmun mohiyatini o’zgartirish, shuningdek, davlat xokimiyati idoralarini boshqarish shakl va usullarining samaradorligini oshirish bilan bog’liq.
«Ma’muriy huquq» fanidan ma’rular matnida: « Ma’muriy huquq» fanining tishunchasi, prеdmеti, ma`muriy huquq tizimi va manbalari, davlat boshqaruvi tamoyillari, ma`muriy-huquqiy mе`yorlar tushunchasi va tuzilishi, ma`muriy xuquqiy mе`yorlar tasnifi, ma`muriy huquqiy munosabatlar va ularning turlari, davlat boshqaruv organlari tushunchasi va uning huquqiy xolati, davlat boshqaruv organlarining tasnifi, turlari, davlat xizmati tushunchasi va o’ziga hos hususiyatlari, davlat xizmatchilari tushunchasi va tasnifi, davlat boshqaruvi shakllari tushunchasi, usullari, jumladan, ishontirish va uning shakllari, majburlash va uning turlari, ma`muriy huquqbuzarlik tushuchasi va o’ziga hos bеlgilari, ma`muriy huquqbuzarlik tarkibi, ma`muriy javobgarlik tushunchasi va javobgarlikni bеlgilash asoslari, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni yuritish tartibikibi kabi institutlar yoritib berilgan.
«Ma’muriy huquq» fanidan ma’rular matni davlat ta’lim standartlari asosida tayyorlangan bo’lib, pedagogika oliy o’quv yurti « M.I.G’, xuquq va ma’naviyat asoslari» bakalavriat yo’nalishi talabalariga mo’ljjallangan.