Ushbu ma’ruza matnlari «Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» fani o`quv dasturining «Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari» bo`limi bo`yicha tayyorlangan. Unda qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari, ularda asosiy vositalar, materiallar, mehnatga haq to`lash, ishlab chiqarish harajatlari hisobi va qurilish ishlari tannarxini kalkulyatsiya qilish tartibi ochib berilgan. Shuningdek, qurilish tashkilotlarida bajarilgan ishlardan olingan daromadlar va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar, boshqa turdagi daromadlar va harajatlar, soliq va majburiy ajratmalar, yakuniy moliyaviy natijalar ko`rsatkichlari hisobini yuritish hamda moliyaviy hisobot shakllarini tuzishning xususiyatlari yoritilgan.