“Materialshunoslikdan” ma’ruzalar matni bakalavrlar uchun mavjud dastur asosida yozilgan bo’lib, u metall, metallmas va kompozizion materiallarga oid
ma’lumotlarni o’z ichiga olgan. Unda materiallarning xossalari, tuzilishi va ishlatilish xususiyatlari imkoni boricha to’liq yoritishga xarakat qilindi.