Mazkur BMI kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishning "Kirish" qismida BMI mavzusining dolzarbligi, ishlanganlik darajasi, ishdan ko`zlangan maqsad va vazifalar, tarkibiy tuzilishi, nazariy va amaliy ahamiyati qisqa bayon qilingan. "Asosiy qism"da nemis mumtoz adabiyotining sermahsul va serqirra vakillaridan biri Y.W.Gyotening Vaymardagi hayoti va ijodiy faoliyatini, adibning ana shu davrda yaratgan asarlarini imkon qadar yoritib berishga harakat qilingan. Ish so`ngida mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqarilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati berilgan.