Ushbu uslubiy qo`llanma Python dasturlash tilida matematik hisoblash ishlarini dasturlashga bag`ishlangan. Bunda asosiy e’tibor massiv va matritsalar bilan ishlash, ular ustida bajariladigan amallar va funksiyalarni qo`llash, ilmiy grafiklarni yaratish funksiyalari imkoniyatlari bilan tanishish, SciPy paketi funksiyalari imkoniyatlarini o`rganish qaratilgan.