Po’stloq qavatini nefronlar tashkil qiladi. Nefronlar dastlab, 1872-yilda Shumlyanskiy tomonidan tasvirlab berilgan. Ular buyrakning morfofunksional birligidir,chunki siydik hosil bo’lishining barcha jarayonlari nefronlarda bo’lib o’tadi. Alohida chiqqan har bir nefron qo’sh devorli kichik kapsuladan boshlanadi, uning ichida kapillyarlar chigali bor va shun Mal’pigi koptokchasi deb ataladi.