To’g’ri zanjirli ko’rinishdagi birikmalarga normal birikmalar deyiladi va n-harfi bilan belgilanadi. Izobutan, izopentan va neopentandagi uglerod zanjiri esa tarmoqlangan. Bunday birikmalar izobirikmalar deyiladi. Bu izomeriya struktura izomeriya yoki uglerod skeletining izomeriyasi deyiladi. Uglevodorod molekulasidagi uglerod atomlarining soni ortib borishi bilan izomerlarning soni ham tez ortib boradi. To’yingan uglevodorod molekulasidan bitta vodorod atomi olinsa, ularning (radikallari hosil bo’ladi ya`ni CnH2n+1). Ular juda beqaror, reaksiyaga aktiv kirisha oladigan zarrachalardir. Ularni nomlashda –an qo’shimchasi –il ga almashtiriladi.