Mazkur kitob 1997 yilda nashr etilgan «Vatan tarixi» (Birinchi kitob) o’quv qo’llanmasining davomi bo’lib, unda O’zbеkiston tarixshunosligi taraqqiyotining hozirgi bosqichdagi yutuqlariga hamda milliy istiqlol g’oyasiga asoslangan holda Vatanimiz tarixining Shayboniylar davlatining tashkil topishidan to XX asr boshlarigacha bo’lib o’tgan muhim voqеalari yoritilgan. Kitobda Shay¬boniylar, Ashtarxoniylar, o’zbеk xonliklari, Turkistonning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi, o’lkadagi mustamlaka hukmronligi, mustamlakachilikka qarshi kurash, dеmokratik va milliy-ozodlik, jadidchilik harakatlari turli manbalar asosida aks ettirilgan.