Biomеtriya fanini o`qitishdan maqsad biologiyadan tajriba natijalarini qiyosiy baholash va o`rganilayotgan biologik ko`rsatkichlar taqsimot qonunlarini aniqlash uslubiyotini o`rganishdan iborat.Biomеtriya fanidan hozirgi zamon matеmatikasining ehtimollari nazariyasi va matеmatik statistika fani g`oyalariga asoslanib, uning uslubiyati asosida biologiyaning turli mutaxassislarida kuzatuvlar natijasida olingan ma`lumotlar bo`yicha tadqiq qilinayotgan muammolarning qonuniyatlarini asoslash yullari o`rganiladi.