Payvand chok bilan biriktirilgan bir qancha elementlar to’plami payvand birikma deb yuritiladi. Payvandlash yo’li bilan turli materiallardan ajralmaydigan konstruksiyalar tayyorlashda payvand birikmalarning turli xillaridan foydalaniladi, lekin, ko’proq tarqalgan xillariga uchma-uch, ustma-ust, burchak hosil qilgan va tavraviy birikmalar kiradi.