O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligining bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitiga o’tishi ishlab chiqarishni jadallashtirish, iqtisodiy rivojlanishning o’sishi ta’minlashda iqtisodiy tejamkorlikni qo’llab korxona ishlab chiqarish faoliyatini moliyaviy xolatini yaxshilashni talab etadi. Bu ulkan masalani ychishda mexnat, moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish, ishlab chiqarilgan maxsulot, bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat tannarxi shakllanishini, sarflar va daromadlar to’g’risidagi axborotlardan foydalanib, xo’jalikni to’g’ri yo’lga solishda buxgalteriya hisobi asosiy qurol bo’lib hisoblanadi.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishda har bir raxbar, mutaxasis buxgalteriya hisobi to’g’risidagi bilimga ega bo’lib, uning axborotidan to’g’ri foydalana olish qobiliyatiga ega bo’lmog’i lozim. Bu esa o’z navbatida buxgalteriya hisobini chuqur o’rganishni talab etadi.
Shuni nazarda tutib tuzilgan bu dastur buxgalteriya hisobi nazariyasi asoslarini, jumladan uning metodlari elementlarini chuqur o’rganishga imkon beradi.
Buxgalteriya hisobini o’rganishdan maqsad:
- Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi umumiy tushunchani, mohiyatini ochib beruvchi asosiy mazmuni va hisob prinsplari, ularning iqtisodiy nazariya va boshqa fanlar tushunchasi bilan bog’liqligini o’zlashtirishi;
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi fan sifatida uning nazariy asoslarini axborotlarini to’plash, ishlash va foydalanish metodlarini rivoji nazariyasi tasavvurlarini shakllantirish