Xozirgi zamon fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi natijasida yangi jixozlar va mashinalarni hisoblash va loyixalash konstruksiyalarni yasash uchun va undan qanday maqsadda foydalanishga qarab materiallar tanlanadi. Kam material ishlatilib uning pishiqligi puxtaligi va chidamliligini ta`minlashda materiallar qarshiligi fanini roli ancha kattadir. Materiallar qarshiligi, inshoot va konstruksiya elementlarini mustashkam, bikr, ustivor, hamda tejamli qilib loyishalash usullarini o’rganadi.Mashina va inshoot qismlarini yemirilishiga qarshilik qilish qobiliyati mustashkamlik deyiladi.Mashina va inshootlarni hamda ularning elementlarini deformasiyalanishiga qarshilik qilish qobiliyati bikrlik deyiladi.