Iqtisodiy va sotsial geografiya ham boshqa fanlar qatori zamonamizning muhim va katta ilmiy – amaliy ahamiyatga molik bo’lgan fanlariga aylanmoqda. ushbu fanning betakror xususiyatlari, ya`ni turli xududiy ko’lamda fikr yuritish va mulohaza qilish, umumiylik bilan xususiylik, globallik bilan regionallik, komplekslik bilan sistemalikni uyg’unlashtirish ayni paytda zamonaviy iqtisodiy bilim va yuksak geografik ahamiyatga ega bo’lishi uning barcha fanlar tizimida mustaqilligini asoslab beradi.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, talaba va aspirantlarimiz ko’p hollarda mazkur fanning ana shunday jozibali xususiyatlarini to’la anglash qobiliyatiga ega emasdir. Ayniqsa kichik hududlarda keng va kompleks tadqiqotlar olib borishda noan`anaviy (tor ma`nodagi sotsial geografiya) sohalar bilan shug’ullanish, sistemali va ekologik yondashuv, kartografiya va stotistik metodlarni samarali qo’llashda anchagina yetishmovchiliklar yoki kamchiliklar mavjud.