Fizika kursining “Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika” bo`limidan tuzilgan ushbu 18 ta ma’ruzalar matnidan iborat o`quv qo`llanmada moddiy nuqtalar kinematikasi, dinamikasi, qattiq jismlar va suyuqliklar mexanikasi, noinersial sanoq tizimlarida harakat, ish va energiya, mexanikada saqlanish qonunlari, maxsus nisbiylik nazariyasi prinsiplari, Lorens almashtirishlari va undan kelib chiqadigan xulosalar asosida klassik mexanikaning qo`llanilish chegarasi, molekulyar fizika va termodinamika qonunlari, real gazlar, ko`chirilish hodisalari va fazaviy o`tishlar yoritilgan.