Maktabda ta’lim- tarbiya ishlarini yaxshilashda, o’quvchilarning har tomonlama kamol topishida sinfdan tashqari o’qish darslarini muntazam ravishda o’tkazib turish yoshlarning hayotda o’z o’rinlarini egallashlarida muhim ahamiyatga egadir. Bolalar va o’smirlar ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi ortib boruvchi talab ehtiyojlarini undirish ularning bo’sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari jamoa tashkilotlari shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari va nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etadilar