«Umumiy tilshunoslik» fani tilshunoslik fanlari sirasida eng murakkab va keng qamrovli ilmiy-nazariy, falsafiy fan sifatida ajralib turadi. Ushbu fanning murakkabligi, keng qamrovli va falsafiy fan ekanligi bevosita o`rganiladigan o`ta jiddiy muammolar bilan, fikr yuritiladigan dolzarb masalalar bilan, lisoniy hodisalarning (faktlarning) mohiyati bilan, ularga qaysi nuqtai nazardan yondashish bilan, ularni chuqur tahlil qilish va ulardan obyektiv ilmiy xulosalar chiqarish bilan belgilanadi