Insoniyat o’zining rivojlanishi tarixi mobaynida modda, quvvat va axborotlarni o’zlashtirib kelgan. Bu rivojlanishning butun bir davrlari shu bosqichning ilђor texnologiyasi nomi bilan atalgan. Masalan: «Tosh asr» - mehnat suroli yasash uchun toshga ishlov berish texnologiyasini egallash bosqichi, «kitob chop etish asri» - axborotni tarsatishning yangi usulini o’zlashtirish bosqichi, «elektr asri» - quvvatning yangi turlarini o’zlashtirish bosqichi shular jumlasidandir. Bundan 20-30 yillar ilgari «atom asri» boshlandi deyilgan bo’lsa, hozirgi kunda «axborot asri», «EHM asri» deb ataladi.