Respublikamizda oliy ta’limni isloh qilishning keng ko’lamli dasturi amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosini yangi, zamonaviy turdagi darslik va qo’llanmalar yaratilishi bilan izohlasa bo’ladi. Shu jumladan Andijon Davlat Universitetida ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, tahsinga loyiqdir. Ko’plab professor-o’qituvchilarimiz tomonidan yaratilgan darslik va o’quv qo’llanmalarning qator tadbir va tanlovlarda g’olib deb topilib, nufuzli mukofotlar bilan taqdirlanishi yuqoridagi fikrlarimizni tasdiqlaydi.