Mutaxassisikka kirish o`quv kursini o`rganish jarayonida talaba faqat oliy ta’lim haqida umumiy tushunchaga ega bo`lish bilan chegaralanmasdan, uning o`rta ta’limdan farqini yaxshi tushunib olishi kerak, oliy ta’limning tuzilishi, o`quv jarayonining tashkiliy masalalari, tartib-intizomi, yo`nalishlari haqida yetarli darajada xabardor bo`lishi kerak. Bu biz o`rganayotgan kursning umumiy vazifasi va yo`nalishidir.