Islom iqtisodiyotida boshqa iqtisodiy tizimlardan farqli o’laroq, kishilarning ijtimoiy himoyasiga asosiy e`tibor qa¬ratiladi. Ushbu faoliyatlardan biri qarz munosabatlaridir. Islom moliya muassasalari o’z mijozlarining ijtimoiy ho-latini ham hisobga oladi. Masalan, islom iqtisodiyotida krеdit, ya`ni foizga qarz bеrish qat`iyan taqiqlanadi, zamonaviy moliya muassasalarida esa bu faoliyat asosiy va qat`iy daromad olish manbai hisoblanadi. «qarz» iborasi diniy adabiyotlarda Alloh rizosini tilagan holda muhtojlarga hеch bir evazsiz va qaytarib bеrish sharti bilan qilinadigan yordamdir, dеb e`tirof etiladi.