Ushbu ma`ruzalar to’plami 36 soatlik o`quv dasturi asosida yozilgan. Ma`ruzalar to`plami «Nazariy mexanika» fanining «Statika» va «Kinematika» bo`limlariga taalluqli bo`lib,
aloxida mavzular bo`yicha reja, nazariy qism, nazorat savollari ketma – ketligida yoritib berilgan. SHuniningdek, ma`ruzalar to`plamida mavzular bo`yicha olingan nazariy bilimlarni misol va masalalar yechishga tadbiq etishga xam katta e`tibor berilgan. Bunda masalaning qo`yilishi, xisobiy sxemalar, yechilish tartibi sodda va tushunarli tarzda yoritilib, olingan natijalarga izoxlar berilgan. Maxsus ( (yulduzcha) belgisi qo`yilgan mavzular talabaning mustaqil o`zlashtirishi uchun keltirilgan. Ma`ruza matni to`plami bakalavriatning «Agroinjeneriya», «Fermer xo`jaliklarini tashkil etish va uning texnik servisi», «Kasb ta`limi (agroinjeneriya), «Kasb ta`limi (elektroenergetika)» «Neft va gaz ishi», «Issiqlik energetikasi», «Elektroenergetika» yo`nalishlari talabalari uchun mo`ljallangan.