Ma’ruzalar matni, mamlakatimiz turistik resurslari salohiyatini o’rganishga
bag’ishlangan bo’lib, unda turistik resurslarni har jihatdan o’rganish, baholash,
umuman olganda turizm faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini tahlil etish, ma’lum
mintaqada turizmni rivojlantirish istiqbollari yoritiladi.
Ish oliy o’quv yurtlari «Turizm menejmenti», «Turizm marketingi», «Turizm
operatorlik xizmatlarini tashkil etish», «Servis (turizm va mehmonxona xo’jaligi)»
kabi ta’lim yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan. Undan turizm
bo’yicha kasb-hunar kollejlari o’qituvchilari va turizm sohasida faoliyat
ko’rsatayotgan mutaxassislar ham foydalanishi mumkin.