Darslikda yuridik xizmat haqidagi qonunchilikning rivojlanishi, uning tizimi va tuzilishi, huquqiy holati, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida yuridik xizmatning asosiy yo’nalishlari va boshqa bir qator mavzularni batafsil ochib bergan. Darslik yuridik kollejlar talabalariga mo’ljallangan, shuningdek, undan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida xo’jalik huquqiy faoliyat yo’nalishida ta`lim olayotganlar hamda xo’jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmat xodimlari foydalanishlari mumkin.Mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa sohalarda o’tkazilayotgan islohotlar Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan belgilab berilgan besh tamoyil, ya`ni iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi; davlatning bosh islohotchi ekanligi; boshqaruv va xo’jalikyuritishningbarcha pog’onalarida qonun ustuvorligi; kuchli ijtimoiy siyosat; islohotlami bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida amalga oshirilmoqda.
Islohotlar ko’p qirrali va uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, unda mukammal qonunchilikni yaratish, uning so’zsiz bajarilishini ta`minlash, aholi va mansabdor shaxslarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining huquq va majburiyatlarini aniq belgilash muhim yo’nalishlar hisoblanadi. Bu jarayonda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda xo’jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmati faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.