Retseptlar lotin alifbosida yoziladi. Retsept shifokorning dori tayyorlash to’g’risida dorixonaga qilgan yozma murojati hisoblanadi. Shifokor farmatsevtga Recipe - ol degan so’z bilan murojat qiladi.Dori vositalari kasallikning oldini olish, unga davo qilish uchun organizmga yuboriladi va sirtdan qo’llaniladi. Dorilarning ta`siri samarali bo’lishi ularni organizmga yuborishi yo’liga bog’liqdir. Masalan: insulin og’iz orqali qabul qilinganda ta`siri bo’lmaydi. Kefzol og’iz orqali yuborilganda me`dada surilmaydi, shu sababli ularni in`eksiya orqali organizmga kiritish kerak. Dori vositalari organizmga ikki yo’l bilan kiritiladi.
1) Enteral
2) Parenteral
ENTERAL YO’L. Dorilarni og’iz orqali, til ostiga qo’yish, to’g’ri ichakka yuborish kiradi. Dorilarni og’iz orqali yuborish eng qulay, oson yo’ldir. Bularga tabletkalar, poroshoklar, tomchilar, damlamalar, qaynatmalar, xullas ichiladigan xamma dorilar kiradi. Bu yo’lni kamchiliklari nam mavjud.
Bemorning bexush holatida bu usuldan foydalanib bo’lmaydi. Tez tibbiy yordamda bu usul qo’l kelmaydi.
Me`da shilliq, qavatiga ba`zi dorilar salbiy ta`sir etishi mumkin.