Maktabda o`quvchilar nafaqat aniq va gumanitar fanlarning asoslarini balkim odamiylik, insoniylikning qonun-qoidalarini ham o`rganadilar. Bolalarga uni singdirishda o`qituvchining o`rni nihoyatda kattadir. Shu sababga ko`ra uzluksiz ta’lim tizimida o`qituvchi shaxsiga katta e’tibor berilgan.
Talabalarning o`qituvchi sifatida takomil topishida o`qituvchining o`rnini hech qaysi fan bosa olmaydi. Ayniqsa, talabalarning nutqiy malakalarini shakllantirishda, dunyoni anglatishda o`qituvchi nutqining ham o`ziga xos o`rni mavjud.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javob berar ekan, jamiyatimizning mohiyati xususida shunday deydi: “Biz barpo etayotgan yangi jamiyat yuksak ma’naviy va axloqiy qadriyatlarimizga tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e’tibor beradi”. Ana shu ma’naviy va axloqiy qadriyatlar inson tafakkuri, nutqiy madaniyati bilan chambarchas bog`liqdir. Zero jamiyat madaniyati nutqiy madaniyatsiz bo`lmaydi. “O`z fikrini mutlaqo mustaqil. Ona tilida ravon, go`zal va lo`nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursida o`tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin”. (I.A.Karimov. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori).
Nutq madaniyati – til normalarini egallamoq ya’ni talaffuz urg`u, so`z ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, shuningdek, tolning tasviriy vositalardan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o`qish va so`zlay olish madaniyatini egallash demakdir.
Nutq madaniyati deb yuritilayotgan hodisa bir qator murakkab, ammo mavjud til faktlari, ilmiy-amaliy tasavvurlar, aniq nutqiy jarayon ko`rinishlari va talablari bilan aloqadordir. Mana shunga ko`ra nutq madaniyati