Ushbu ma’ruzalar matni geografiya kafedrasi 2010 yil 29 avgust 1-sonli yig’ilishida muhokama qilindi va tasdiqlandi.
Iqtisodiy geografiya va uni hamma qismlari jamiyat haqidagi fandir.
Hamma fanlardagi kabi har bir voqea va hodisalarni o’rganishda unga
avvalo falsafik nuqtai nazari bilan yondashish kerak. Bu fan ham shu
metodga tayanadi. Shuningdek, iqtisod nazariyasi, regional iqtisod,
ekologiya, demografiya, matematika, tabiiy geografiya, tarix,
siyosatshunoslik, kartografiya fanlari bilan bir qator yo’nalishlarda
hamkorlik qiladi.