Kimyoviy bog`lanish haqidagi ta`limot hozirgi zamon kimyosining asosiy masalasidir. Kimyoviy bog`lanishning sababi shundaki, atom yoki ionlar o`zaro birikkanda enеrgiya tutumi (entalpiyasi) ularning ayrim-ayrim holda bo`lgan vaziyatdagiga nisbatan kichik qiymatga ega bo`ladi va sistеma barqaror holatni egallaydi.