Yorug`lik erdagi hayotning manbaidir. Yorug`lik bo`lmasa inson faol hayotdan to`xtaydi, hayot so`nadi. Shuning uchun inson o`z-o`zini anglabdiki, yorug`likni o`rganishga tirishadi.
Ushbu ma’ruzalar matni talabalarning yorug`lik haqidagi bilimlarini yanada boyitadi, yorug`lik haqidagi bilimlarni atom, molekula, molekulyar komplekslar haqidagi bilimlar bilan bog`laydi, ularni modda tuzilishi va xossalarini optik usullar bilan tekshirishga o`rgatadi. Shunday qilib, talabalarning tabiat haqidagi bilimini bir butunlikga erishishiga ko`maklashadi.
Ushbu ma’ruzalar matnini tayyorlashda ustozlarim, Sankt-Peterburg Universitetining professori N.D. Orlova va Samarqand Universitetining professorlari marxum akademik A.K.Otaxo`jayevlarning talabalik yillarimda o`zimga o`qigan ma’ruzalaridan ham foydalandim.
Qo`lingizdagi ma’ruzalar to`plami yuqori kurs fizika bo`limi talabalari uchun tayyorlangan.