Mazkur dasturni tuzish davomida milliy istiqlol mafkurasi talablarini unutmagan holda, adabiyot tarixining ko`plab muammoli masalalariga, xususan, davrlashtirishning tarixiy tamoyillari, sho`rolar davrida sun`iy ravishda adabiyotimiz tarixidan chiqarib yuborilgan ayrim ijodkorlar va asarlarga xolis munosabatda bo`lish, mafkuraviy tazyiq ostida adabiyotga kiritilgan «nazariy» ma`lumotlardan xalos bo`lish, badiiy asarlarni tushunish va tushuntirishda, asosan, go`zallik qonuniyatlariga amal qilish kabi hodisalarga duch kelindi va ularni imkon qadar zamonaviy talablar bilan yoritishga harakat qilindi. Mazkur ishchi dastur istiqlol g`oyalariga moslab, “Ta`lim haqidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ”talablari asosida tuzildi/ Mumtoz adabiyot vakillari hayoti va ijodini o`rganish asosida talabalrda o`zlikni anglash, qanday boy va teren adabiy qadriyatlarga ega ekanidan faxr va iftixor tuyg`ularini uyg`otish kabi vazifalarni maqsad qilib olindi.Mumtoz adabiyot vakillari ijodi g`oyaviy-estetik tahlil asosida o`rganishga alohida e`tabor qilindi/ Mazkur ishchi dastur asosida 2-bosqich talabalari 3-4- semester davomida XIV asrdan XVIII sargacha bo`lgan mumtoz adabiyot tarixini o`rganadilar.