Qadriyat – qiymat, axamiyat; qimmat baho buyumlar; xalq boyligi. Voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy, ma’naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, moddiy va ma’naviy boyliklar va boshqalar qadriyat hisoblanadi.