O’zbek tilshunosligi tarixi fani bakalavriat bosqichining o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi o’quv rejasidan o’rin olgan asosiy fanlardan biridir. Mazkur ma`ruzalar to’plamida shu kurs bo’yicha tuzilgan dasturning barcha masalalari qamrab olingan. Unda adabiy til, uning paydo bo’lishi, manbalari, adabiy tilga ijtimoiy-tarixiy voqealarning ta’siri, tayanch dialekti, adabiy tilning taraqqiyotida mashhur so’z ustalarining tutgan o’rni, adabiy til uslublari hamda adabiy tilni yaratish bo’yicha turli xildagi munozaralar aks ettirilgan.