«Biologiyaning hozirgi zamon muammolari, uni o`qitish uslubiyoti» nomli maxsus kurs biologiya mutaxassisligi 3-bosqich talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, mazkur kursni o`rganish uchun 14 soat ma’ruza o`qish rejalashtirilgan.
Ma’ruza uchun mavzular tanlashda biz bu bosqich talabalarning avval o`rganib tugallagan biologiya o`qitish metodikasi fanidan zarur bilim va malakalarni egallab olganliklarini hisobga oldik. Shu boisdan ma’ruzalarni ko`proq biologiya o`qitishning zamonaviy muammolariga yo`naltirishni maqsad qilib oldik. Ayniqsa, talabalarga yangi pedogogik texnologiyalar, o`quvchilarni biologiya o`rganishga qiziqishlarini orttirishga xizmat qiluvchi didaktik o`yinlar, seminar mashg`ulotlari, tayanch belgilardan foydalansh kabi masalalar bo`yicha zarur bilim, malakalar olishlari maqsadga muvofiq deb hisobladik.
Ushbu kursdan namunaviy dastur, darsliklar yo`qligi sababli biz ma’ruzalarda biologiyaning qo`lga kiritgan yutuqlari, asosiy muammolari, shuningdek umumta’lim, maxsus o`rta ta’lim maktablarida biologiya o`qitishning hozirgi zamon dolzarb masalalariga to`xtalishni lozim topdik.