Fiziologiya tirik organizm, undagi a`zolar, to`qimalar, hujayralar va hujayra tarkibiy elеmеntlarining hayot faoliyati jarayonlarini, organizmning tashqi muhit bilan munosabatini o`rganadi. Fiziologiya funksiyalarning turda va individda rivojlanishini, ularning doimo o`zgaruvchan tashqi sharoitiga moslanishini o`rganadi. Odam organizmi funksiyalarini chuqur o`rganish va shu tariqa faol ta`sir ko`rsatib, ularni zaruriy tomonga yo`naltirish fiziologiyaning asosiy maqsadidir.