"Iqtisodiy bilimlar tarixi" kursi iqtisodiy fanlar tizimida muxim o`rin egallaydi. Insoniyat o`zining ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoy taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Xar bir davrda u yoki bu mamlakatlarda ayrim shaxslar (olim yoki xokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g`oya, nazariya, konsepsiyalari ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir xolda shular tufayli davlat va xalqaro ravnaq topgan, ba’zida tushkunlikka uchragan. Ana shu iqtisodiy g`oyalar har tomonlama chuqur o`rganish, taxlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlarini ajratib olib, xozirgi davrda, ya’ni xayotga tadbiq etish nixoyatda ham nazariy ham foydalidir. Chunki ulardan ko`p yillik tajriba mujassamlashgan bo`ladi.