Ta’lim maqsadi o`quv-biluv jarayoni, uning mohiyati, mazmuni, usul va vositalari, o`qituvchi-o`quvchi munosabatlari, shuningdek, mazkur tizimning samaradorligi - qanday shaxs yoki mutaxassisni shakllantirishini ham belgilaydi. Ta’lim maqsadining ijtimoiy buyurtma asosida ifodalanishi shaxs, davlat, jamiyat, fan-texnika hamda iShlab chiqarishning umumiy taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. Demak, ta’lim maqsadi jamiyat ehtiyojlarini ifodalaydi va uning taraqqiyotini belgilaydi. Butun ta’lim jarayoni - o`quv materialidan boshlab, ta’lim natijasigacha - ta’lim maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ta’lim maqsadi oldida turgan asosiy masala bugungi kun va istiqbolda jamiyat ravnaqi uchun qanday shaxs, mutaxassis tayyorlash kerakligi bilan xarakterlanadi.