1. O’zbek tilining tarixiy grammatikasi til tarixi fanlaridan biri sifatida.
2. O`zbek tili tarixiy grammatikasining manbalari.
3. O’zbek tili tarixiy grammatikasining o’rganilish tarixi.
O`zbek tilining tarixiy grammatikasi o`zbek tili tarixi fanining bir tarmog’idir. Ma`lumki, til tarixi o`zbek tili fonetik sistemasi, leksikasi hamda grammatik qurilishining tarixidir. O`zbek tili tarixi o`zaro bog`lik bo`lgan ikki mustakil predmetni o`z ichiga oladi. Bu predmetlar: o`zbek tilining tarixiy grammatikasi va adabiy til tarixidir. Mazkur predmetlarda ichki uzviylik bo`lishiga qaramasdan, ularning o`rganish usullari, tekshirish obyektlari o`zaro farqlanadi. Tarixiy grammatika tilning fonetik sistemasi taraqqiyotini, grammatik strukturasining rivojlanishini o`rganadi. Lekin til hodisalarining ijtimoiy hodisalar bilan bo`lgan munosabati, uslublar taraqqiyoti va ularning turli ko`rinishlari, tilning normasi kabi masalalar uning tekshirish obyektidan chetda. qoladi. Bularni esa adabiy til tarixi tekshiradi.