Mevachilik va uzumchilikning maqsadi va vazifalari va ahamiyati
Mevachilik va uzumchilik fanini o’qitishdan maqsad –meva, rezavor meva, tok o’simliklari o’sish-rivojlanish xususiyatlarini, ularning hayotidagi mavjud qonuniyatlarni, o’sish rivojlanish va mahsuldorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’rganish. Shu bilimlar asosida mazkur o’simliklar hayotidagi qonuniyatlardan kelib chiqib ekin o’stirilayotgan joyning turli tomonlarini hisobga olib sifatli va mo’l hosil yetishtirish borasidagi eng so’nggi fan-texnika yutuqlari bilan tanishtirish.